Yangilik va hodisalar
LinksLinks2

Taʼziya

Universitet jamoasi Oʻzbek va rus tillari kafedrasi dotsenti Normatova Shoira Umarovnaga padari buzrukvorlari - Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Hamza nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, filologiya fanlari doktori, professor, katta adabiyotshunos olim Umarali Normatovning vafoti bilan chuqur taʼziya va samimiy hamdardlik bildiradi.

"Navoiy ijodi jahon olimlari nigohida" mavzusida onlayn davra suhbati

2022 yil 18 yanvar kuni JIDU "Roman-German tillari" kafedrasi tomonidan "Navoiy ijodi jahon olimlari nigohida" mavzusida onlayn davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda kafedra o’qituvchilari hamda fransuz, nemis, ispan va italyan tillarini ikkinchi va asosiy xorijiy til sifatida o’rganuvchi talabalar ishtirok etdilar.

JIDUda rektor va yoshlar uchrashuvi

Joriy yilning 21-yanvar kuni Oliy Majlis Senati raisi birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida universitetni tizimli isloh etish” mavzusida talabalar bilan onlayn uchrashdi.

Xotin qizlar maslaxat kengashining navbatdagi yigʻilishi

Joriy yilning 19 yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xotin qizlar maslaxat kengashining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 13-dekabridagi 518-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash borasidagi navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Muzokara olib borish san’ati

2022-yil 19-yanvar kuni JIDU “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri, s.f.n., dotsent U.A.Xasanovning “Muzokara olib borish san'ati” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.