20.01.2022 1302

Nemis tilini ikkinchi til sifatida endi o'rganishni boshlayotgan talabalarimiz, uni o’rganish bilan bir vaqtda nemis tilida hikoya va kichik asarlarni ham o’qiy boshlaydilar. Va o’qish davomida olgan o’z bilim va ko‘nikmalarini qay darajada puxta egallaganliklarini esa “Roman-german tillari” kafedrasining nemis tili sho’basi o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan Urs Lugerning “Paul va janob Rossmanning ta’tildagi sarguzashtlari” va “Biz - beshovlon” hikoyalari asosida o‘tkazilgan viktorinada ishtirok etib, sinab ko‘rishga muvaffaq bo‘ldilar.

Urs Luger - oson oʻqiladigan matnlarga ega (til darajalari A1-A2) 10 dan ortiq qisqa hikoyalar muallifi hisoblanadi.

Viktorinada 2 va 3-bosqich talabalari ishtirok etishdi. Viktorina g‘oliblari.

2-bosqich talabalari:

  1. Zulayho Rahimjonova
  2. Murodjon Fayziyev
  3. Sojida Kholiyeva

3-bosqich talabalari:

  1. Afzalbek Muxammadjonov
  2. Sitora Abduraxmonova
  3. Alibek Beyjanov

G'oliblarimizni tabriklaymiz!