"Yuridik psixologiya" mavzusida ochiq onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi
20.01.2022 1356
Bugun Yuridik klinika direktori Ubaydullaev Z.S. va UWED Street Law jamoasi hamda universitet psixologi Ozodbek Arziyev bilan birgalikda “Yuridik psixologiya” mavzusida ochiq onlayn muloqot o‘tkazildi.
Tadbir davomida yuridik va sud psixologiyasi tushunchalari ochib berildi. Ma’ruzachilar bugungi kunda yuridik psixologiyaning ahamiyatini ta’kidlab o‘tishar ekan, huquqshunoslar va boshqalar tomonidan amaliyotda faol foydalanishni tobora ko‘proq talab qilmoqdaligi aytishdi. Street Law jamoasi aʼzolari oʻzlarining ish tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar, qayerda yuridik psixologiyani qoʻllash zaruriyatiga duch keldilar, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda huquqiy psixologiya bilan bogʻliq ishlar qanday ekanini bilan o’rtoqlashdilar.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar va ma’ruzachilar qonunchilik tizimini yaratishda ushbu amaliy fanni o‘rganish va uning faol qo‘llanilishini joriy etishning katta ahamiyati haqida umumiy fikrga keldilar.