20.01.2022 1305

2022-yil 19-yanvar kuni JIDU “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri, s.f.n., dotsent U.A.Xasanovning “Muzokara olib borish san'ati” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Mahorat darsida dastlab U.A.Xasanov trening ishtirokchilarini xalqaro munosabatlar sohasida muzokaralar olib borishning ko‘zlangan maqsadga erishishdagi ahamiyati bilan atroflicha tanishtirdi. Ma’ruzada muzokara olib borishgacha bo‘lgan tayyorgarlik bosqichlari hamda ushbu muzokaralarga tayyorgarlikning muhim masalalariga to‘xtaldi. Shuningdek, nutqning o‘ziga xos uslublari va xususiyatlari sanab o‘tildi.

Muzokaralar uchun nutqni tayyorlash hamda uni turli kategoriyalarga ajratish usullari haqida ta’kidlandi. Nutq jarayonida yuzaga kelgan hayajon va qo‘rquvni yengib  o‘tish uslublari qayd etildi.

Ma’ruza jarayonida va yakunida talabalarning fikr-mulohazalari so‘raldi va ular tomonidan berilgan savollarga ham batafsil javob berildi.