Xotin qizlar maslaxat kengashining navbatdagi yigʻilishi
20.01.2022 1416
Joriy yilning 19 yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xotin qizlar maslaxat kengashining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 13-dekabridagi 518-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash borasidagi navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishning kun tartibidagi asosiy muxokama yuzasidan Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va yoshlar masalalari boʻyicha prorektor O.Yusupjanov, bugungi kunda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyev tomonidan xotin-qizlar masalalariga qaratilgan bir necha qaror va farmoyishlar qabul qilinganligi taʼkidlab xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat xayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlariga asoslangan xolda, mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishi hamda bandligini taʼminlashga har tomonlama koʻmaklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash, joylarda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini tizimli oʻrganish, tahlil qilish va hal etish borasidagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish xar birimizning asosiy maqsadimiz ekanligini eslatib oʻtdi.
Shuningdek, JIDU XQMK Rasi E.Sultanova, aʼzolardan “Xalqaro munosabatlar” fakulteti dekan muovini S.Tillaxodjayeva, “Oʻzbek-rus” tillari kafedrasi mudiri M.Abduraxmanova, RGT kafedrasi oʻqituvchisi U.Sultanovalar soʻzga chiqib, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalarni chuqur tahlil qilish, ilgʻor tajribalar asosida, mavjud muammolarni hal qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash choralarini koʻrish, jamoatchilik kengashlari, mahallalardagi “Ayollar maslahat kengashlari” bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, sogʻliqni saqlash borasida ayollar sportini rivojlantirish, mehnat va oʻqish sharoitlarini yaxshilash bilan bogʻliq tadbirlarni tashkillashtirilishi, talaba qizlarning tarbiyasida katta axamiyatga ega ekanligi xaqida batafsil toʻxtalib oʻtdilar.
Shuningdek, JIDU XQMK qoshida faoliyat olib borayotgan “Lider qizlar” klubining yetakchi qizlari taklif va istaklarini inobatga olgan xolda, anʼanaviy taʼlim davrida bir qator loyixalarni amalga oshirish chora-tadbirlari muxokama qilindi.