Yangilik va hodisalar
LinksLinks2

“Karyera kuni”

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oliy va o'rta maxsus ma'lumotli bitiruvchilar bandligini ta'minlash qarori ijrosi yuzasidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2008 yildan boshlab “Mehnat yarmarkasi” o'tkazib kelinadi. Ananaviy tadbir joriy yilning 23 fevral kuni “Karyera kuni” yana bir bor o'tkazildi.

“Bola huquqlarini ta’minlash borasida milliy va xalqaro huquqiy standartlar" mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

2018-yil 17-fevral kuni YuNESKOning "Xalqaro huquq va inson huquqlari" kafedrasi katta o‘qituvchisi Vasila Artikova "Bola huquqlarini ta’minlash va kafolatlash bo‘yicha xalqaro va milliy standartlar" mavzusida Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti qoshidagi akademik litseyida 1- kurs akademik guruhi talabalari ishtirokida uchrashuv olib bordi.

“Janubi-Sharqiy Osiyo Assosiatsiyasi (ASEAN) davlatlari bozoriga O‘zbekistonning chiqishi istiqbollari” mavzusida respublika “davra suhbati”

2018 yil 20 fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Janubi-Sharqiy Osiyo Assosiatsiyasi (ASEAN) davlatlari bozoriga O‘zbekistonning chiqishi istiqbollari” mavzusidagi “davra suhbati” bo‘lib o‘tdi.