«Insight club» davrasida “Odamlarni va o‘zini-o‘zi boshqarish san’ati” mavzusida trening o‘tkazildi
22.02.2018 15352
21-fevral kuni “Insight club” yoshlar tashabbusi davrasida “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari o‘rtasida odamlarni va o‘zini-o‘zi boshqarish san’atiga bag‘ishlagan trening o‘tkazildi. Ushbu treningda “Muvafaqqiyatli rahbar qanday bo‘lishi kerak?” masalasiga e’tibor qaratildi. Rahbarlik faoliyatida omadga erishishda odamlarni rag‘batlantirish, maqsad sari yetaklash va jamoa a’zolariga tegishli bo‘lgan hayotiy qadriyatlarini ro‘yobga chiqishida ikkilanmasdan qarorlar qabul qilish ta’kidlanib o‘tildi. Trening davomida Djon Adairning “Odamlarni va o‘zini-o‘zi boshqarish san’ati” kitobi muhokama etildi. Ushbu kitobda muallif boshqaruvda vaqt bilan sinalgan, shu bilan birgalikda odamlarda taraqqiy, aniq yo‘naltirilgan va samarali vositalar yordamida motivatsiya xissini kuchaytirish, yetakchilik malakalarini va kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish, ergonomik taym-menedjmentni qo‘llashni taklif etadi. Trening mavzusi doirasida o‘zlashtiruvchi mashqlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar boshqaruv faoliyati mavzu doirasidagi muhokamalarni davom ettirish kerakligini ta’kidlab o‘tdilar.