22.02.2018 15578

21-fevral kuni universitetda talabalar o‘rtasida “Yoshlar orasida narkomaniyaga qarshi kurashish haftaligi” doirasida Toshkent shahar IIB jinoiy ishlar Boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida taklif etilgan mutaxassislar yoshlar orasida narkomaniyaga qarshi kurashish, uning oqibatlari dolzarb masala ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Ushbu illat bilan kurash olib borishda sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilish kerakligi, o‘zining taqdiri va yaqinlarining hayotiga mas’uliyat bilan qarashlari muhimligiga urg‘u berildi. Salbiy xolatlar bilan kurashish- nafaqat huquqni muhofaza qilish organlari vakillari, balki barcha fuqarolarning burchi ekanligi gapirilib o‘tildi. Mavzu doirasida xujjatli film namoyish etildi.