“Bola huquqlarini ta’minlash borasida milliy va xalqaro huquqiy standartlar" mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
23.02.2018 16011
2018-yil 17-fevral kuni YuNESKOning "Xalqaro huquq va inson huquqlari" kafedrasi katta o‘qituvchisi Vasila Artikova "Bola huquqlarini ta’minlash va kafolatlash bo‘yicha xalqaro va milliy standartlar" mavzusida Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti qoshidagi akademik litseyida 1- kurs akademik guruhi talabalari ishtirokida uchrashuv olib bordi. Uchrashuv mobaynida bugungi kunda yurtimizda bolalarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy jihatdan himoya qilish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilganligi ta'kidlab o'tildi. Xususan, mamlakatimizda bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli huquqiy baza shakllanganligi va O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro konvensiyalar ratifikatsiya qilinganligi haqida axborot berildi.