Joriy yilning 5-noyabr kuni Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida “Markaziy Osiyoda xalqaro tizimlarning oʻzgarishi va mintaqaviy xavfsizlik va rivojlanishning yangi jihatlari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi
Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Akademiyasi, axborot-tahlil markazlari, oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari va yetakchi ekspertlari ishtirok etdilar.