05.11.2020 2432

4-noyabr b.y. Xalqaro hamkorlik Koreya agentligi (KOICA) va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) Oʻzbekiston TIV oʻrtasida onlayn formatda muzokaralar boʻlib oʻtdi. 

Koreya tomonidan muzokarada Pak Sundjin – Oʻzbekistondagi KOICA Ofis Direktori, xamda A.Shomirzayev - volontyor ishlari boʻyicha menedjer yordamchisi ishtirok etishdi.

Universitet Rektori Karimov K.X., xalqaro aloqalar boʻlim boshligʻi Muxitdinov A.I., “Sharq tillar” kafedrasi mudiri  Gafurova X.Sh. JIDU  vakillari sifatida ishtirok etishdi.

Suhbat boshlarida JIDU Rektori  Karimov K.X. xonim Pak Sundjini Oʻzbeksitondagi KOICA Ofis rahbari yuqori lavozimiga tayinlangani munosabati bilan iliq tabriklarni aytdi va uning ishdagi keyngi muvaffaqiyatlariga samimiy tilak bildirdi. 

Uchrashuv davomida KOICA agentligi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Jumldan, Agentlik yoʻnalishida ishlaydigan volontyorlar uchun turli hil taʼlim dasturlarni aktivizatsiyalash masalasi  moʻhokama qilindi.

Uchrashuv natijalari boʻyicha JIDU talabalari uchun Koreya Respublikasi koreys tilini, tarixini, maʼdaniyatini,  xususiyatlarini va urf-odatlarini oʻrganish boʻyicha tomonlar qoʻshma oʻquv dasturlarni ishlab chiqishga  kelishishgan.

Uchrashuvda xonim Pak Sundjin Shukurov Shukurullo 2018-y. JIDU bitiruvchisining ishini Oʻzbeksitondagi KOICA ofisida alohida qayd etdilar, ayni paytda  KOICA maʼsul xodimi.

Oʻz navbatda  JIDU rektori Karimov K.X. xonim Pak Oʻzbeksitondagi KOICA Ofis rahbarini JIDU ning salohiyati bilan tanishish va kelgusi xamkorlik boʻyicha muzokaralarni davom ettirish maqsadida JIDUga tashrif buyurishga taklif etdilar.

Maʼlumot uchun: Janubiy Koreya rivojlanayotgan malakatlar uchun davlat grant yordami va texnik hamkorlik dasturlari orqali samaradorligini oshirish maqsadida Xalqaro hamkorlik Koreya agentligi (KOICA) 1991-yilda Janubiy Koreya TIV bilan davlat tashkiloti sifatida tashkil etilgan.