07.11.2020 2519

Koʻpgina siyosatchilar va olimlar tomonidan oʻzgarishlar global iqtisodiy inqirozga olib kelishi, bu esa oʻz navbatida mintaqaviy tizimlarning oʻzgarishiga va davlatlarning rivojlanishiga taʼsir qilishini taxmin qilmoqdalar. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan tashkil etilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari ana shu masalalarni muhokama qildilar. Natijada konferensiya ishtirokchilari ushbu muammolarni faqat hamkorlik va xalqaro institutlarni mustahkamlash orqali hal etish mumkin degan fikrga keldilar.

Shu bilan bir qatorda konferensiyada asosiy muhokama mavzusi mintaqaviy rivojlanish va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi munosabatlar, ularning xalqaro tashkilotlardagi faoliyati hamda dunyoning etakchi mamlakatlari bilan hamkorlikdagi yangi tendensiyalar boʻldi.

Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Akademiyasi, axborot-tahlil markazlari, oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari va yetakchi ekspertlari ishtirok etdilar.

Respublika ilmiy-amaliy anjumanida ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasining turli ilmiy sohalar va tahliliy markazlari olimlari va mutaxassislari oʻrtasidagi fanlararo hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidladilar.