Birlashgan Millatlar Tashkilotining 75 yilligiga bag‘ishlangan “BMT 75 yil: birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali umumiy kelajak” mavzusidagi davra suhbati
2020 yil 19-26 oktabr kunlari JIDU va TDYUda ushbu tashkilotning 75 yilligiga bag‘ishlangan BMT haftaligi bo‘lib o‘tadi. 19 oktabr kuni ushbu haftaning ochilishi JIDU va TDYU tomonidan birgalikda tashkil etilgan davra suhbati ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi. Tadbir onlayn tarzda o‘tkazildi.