13.10.2020 6394

2020-2021 o'quv yili birinchi semestri dars mashg'ulotlari masofaviy online tarzda universitet moodle masofaviy ta’lim tizimi orqali o'tkaziladi. Birinchi bosqich talabalari uchun onlayn darslar 2020 yil 15 oktyabrdan boshlanadi.

Tizimga kirish uchun Siz https://admission.uwed.uz veb-sayti orqali login va parolni olishingiz kerak bo'ladi. Buning uchun Siz pasportingizda ko'rsatilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (PINFL, 14 ta raqam) kiritishingiz zarur.

O'zingizni foydalanuvchi nomingiz va parolingizni olganingizdan so'ng, Siz https://moodle.uwed.uz saytiga kirishingiz va onlayn darslarga qatnashishingiz mumkin bo'ladi.