16.10.2020 2366

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan Respublika fan olimpiadasi joriy yil pandemiya sharotidan kelib chiqib onlayn tarzda tashkil etilib, may-iyun oylarida o’tkazildi. Bu yilgi fan olimpiadasi Respublika miqyosida bir bosqichda tashkil etildi va unda 111 ta umumta’lim fanlar yo’nalishida 10 mingga yaqin talaba ishtirok etdi.

Universitetning roman-german tillar kafedrasi o’qituvchilari Y.Ismoilov va X.Хodjayeva ilmiy rahbarligi ostida xalqaro munosabatlar fakulteti 2-kurs talabasi Sobirova Mohinur Sobirjon qizi nemis tili fanidan faxrli 1-o’rinni va 3-kurs talabasi Boboyev Xumoyun Sayfullayevich fransuz yili fanidan faxrli 3-o’rinlarni qo’lga kiritishdi. Olimpiada g’oliblari Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligining I va III darajali diplomlari bilan mukofotlandilar.

Universitet ma’muriyati tomonidan barcha g’oliblar va ularning ilmiy rahbarlarini yana bir bor samimiyat bilan muborakbod etamiz. Ularning o’qish va ishlarida yangi yutuq va zafarlar qo’lga kiritishlarini tilab qolamiz.

S.Tillaxodjayeva,
XM fakulteti dekan muovini