Yangilik va hodisalar
LinksLinks2

JIDU rektori tabrigi

Barchangizni eng ezgu qadriyatlarimizdan biri bo‘lmish ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan qutlug‘ sana – O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin dildan tabriklayman!

Istanbulda “Markaziy Osiyo Yoshlar Muloqoti” bo‘lib o'tdi

JIDU “Xalqaro huquq” fakulteti 3-bosqich talabasi – BMTning Preventiv Diplomatiyasi Elchisi Abu Tolib G‘iyosov 2021-yil 12-15-oktabr kunlari Istanbul shahrida BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Markaziy Osiyo yoshlar muloqoti”da ishtirok etdi.

JIDU talabasining kitobi nashr etildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2-bosqich talabasi Dilmurod Dilmurodov muallifligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan kitob nashr etildi.

"Talabalar teatr studiyalari" festivali davom etadi...

“Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tdi. Universitetimiz “Diplomat” teatr studiyasi ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi R.Arslanbekova rahbarligida ushbu festivalda faol ishtirok etishdi.

E’LON

JIDUda O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar oyligi doirasida quyidagi tanlovlar bo‘lib o‘tadi.

Встреча с делегацией Конгресса США

11 октября с.г. в Университете мировой экономики и дипломатии прошла встреча с делегацией Палаты представителей Конгресса США, в составе Г. Микс – председателя Комитета по международным делам, членов комитета - А. Бера, К. Аллред, С. Джейкобс, С. Уайлд и Д. Коста.