15.10.2021 3737

“Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tdi. Universitetimiz “Diplomat” teatr studiyasi ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi R.Arslanbekova rahbarligida ushbu festivalda faol ishtirok etishdi.

“Diplomat” teatr studiyasi tomonidan namoyish qilingan antik davr yunon adibi Gomerning “Illiada” va “Odesiya” dostonlaridan olingan lavha tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. namoyish etishdi.

“Diplomat” teatr studiyasi hududiy bosqichda 2-o‘rinni egallab, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Universitet rahbariyati “Diplomat” teatr studiyasini ushbu yutuq bilan tabriklaydi va keyingi bosqichda ham omad va zafarlar tilaydi.