12.10.2021 1530

JIDUda O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan  o‘tkazilayotgan tadbirlar oyligi doirasida quyidagi tanlovlar bo‘lib o‘tadi.

  1. “Ona tilimiz taqdiri bizning qo‘limizda!”- publitsistik maqolalar tanlovi; (Muddati 18-oktabrgacha. G‘oliblarning maqolalari matbuotda e’lon qilinadi).
  2. “Xalqning umrboqiyligi – uning tili bilandir” mavzusida insholar tanlovi; (Muddati 16-oktabrgacha.)
  3. Universitetning  talaba-yoshlari o'rtasida “Ona tilim o‘lmaydi” dasturi asosida videoroliklar  tanlovi. (Muddati 20-oktabrgacha.)          
  4. “Mening ona tilim, munis, mehribon, Sen Turkiy Dunyoning g‘olib xayoli - Seni yozajakman, tirilgan jahon”  shiori  ostida yosh ijodkorlar asarlari tanlovi.  (Ushbu mavzu doirasida ijodkor talabalar o‘z  she’r, hikoya va ssenariylari bilan ishtirok etishlari mumkin). (Muddati 20-oktabrgacha.)  ;         

Barchani tanlovlarda ishtirok etishga  taklif etamiz!

O‘zbek va rus tillari kafedrasining  elektron  manzili : ShXudaykulova@uwed.uz

Ma’lumot uchun telefonlar: +998909539070, +998974820562.