Yangilik va hodisalar
LinksLinks2

Boʻlajak diplomatlar Senat faoliyati bilan tanishishdi

Joriy yilning 25-avgust kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining iqtidorli talabalari “Xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani muovini Sayyora Tillaxodjayeva rahbarligida parlament faoliyati haqidagi tasavvurlarini amalda shakllantirish, qonunchilik va qonun ijodkorligi jarayoni bilan yaqindan tanishish hamda siyosiy bilim va koʻnikmalarini yanada boyitish maqsadida Senatning yangi binosida senatorlar bilan uchrashdi.