JIDUda Savdodagi texnik to‘siqlar va Sanitariya va fitosanitariya choralarini qo‘llash bo‘yicha JST kelishuvlari yuzasidan qisqa muddatli trening bo‘lib o‘tdi
28.08.2022 1632
2022-yilning 22-25-avgust kunlari professor Artur Appleton (Arthur Appleton) Savdodagi texnik to‘siqlar (TBT) va Sanitariya va fitosanitariya choralari (SPS) to‘g‘risidagi JST kelishuvlarining huquqiy xususiyatlariga doir masalalar to‘g‘risida JIDU bir guruh professor-o‘qituvchilari va talabalariga, shuningdek davlat organlari mutaxassislariga ma’ruza-trening o‘tkazdi. Ushbu interfaol mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar TBT va SPS kelishuvlari o‘rtasidagi farqni hamda kelishuvlarining amal qilish ko‘lamini o‘rgandilar.
MA’RUZACHINING TARJIMAI HOLI
Artur Appleton butun dunyo bo‘ylab ofislari ega bo‘lgan “Appleton Luff – International Lawyers” yuridik firmasining asoschi hisoblanadi. U xalqaro savdo va investitsiyalarni tartibga solish masalalarida suveren davlatlar, transmilliy biznes tuzilmalari, shuningdek xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlarga huquqiy yordam ko‘rsatishda 30 yildan ortiq tajribaga ega. Professor Artur Appleton Osiyo, Afrika, Evropa, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasida, shuningdek ko‘plab xalqaro tashkilotlarda, jumladan, Jahon Banki guruhi, Jahon Savdo Tashkiloti, Osiyo Tarraqiyot Banki, Islom Taraqqiyot Banki, UNCTAD, UNITAR, Xalqaro savdo markazi, Yevropa Ittifoqida maslahatchi bo‘lib ishlagan. U Yevropa Ittifoqining bir qator erkin savdo huqdudi to‘g‘risidagi shartnomalaridan kelib chiqadigan savdo va barqaror rivojlanishdagi nizolar bo‘yicha panellarni shakllantirish uchun mutaxassislar ro‘yxatiga kiritilgan.
Professor Artur Appleton 2004-yildan buyon Jahon savdo instituti (Bern universiteti)ning jamoasi a’zosi. U, shuningdek, Jons Xopkins universiteti Ilg‘or xalqaro tadqiqotlar maktabining (SAIS Evropa va SAIS Vashington) Xalqaro huquq bo‘yicha professori hisoblanadi. Xalqaro savdo va arbitraj sohasida ko‘plab maqola va kitoblar (4 ta kitob va 50 dan ortiq maqola) nashr etgan. U tahririyat maslahat Kengashida, Iqtisodiy integratsiyaning huquqiy masalalari va Lotin Amerikasi Xalqaro savdo huquqi jurnalining maslahat qo‘mitasidan ham o‘rin egallagan.