15.08.2022 1904

Pokiston Islom Respublikasi Mustaqilligining 75 yilligi hamda Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 30 yilligi munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, O‘zbekistonning Oliy ta’lim muassasalarining 20 yoshgacha bo‘lgan talabalari orasida o‘tkazilgan “Pokistonniing kashf etilishi – tinchlik, farovonlik va aloqalar zamini” mavzusidagi insholar tanlovida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti 2-bosq        ich talabasi Ergashbayev Sherzod g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning 14-avgust kuni Pokistonning Toshkentdagi elchixonasi binosida Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Gillani Sayid Ali Asad tomonidan JIDU talabasi smartfon va maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

Universitet rahbariyati ushbu talabani munosib yutug‘i bilan tabriklaydi va kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaydi.