30.07.2022 2588

Joriy yilning 26-27 iyul kunlari A.A.Gromiko nomidagi xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassislar tanlovi finalchilari forumi boʻlib oʻtdi. Bu yilgi tanlovda MDHning 13 davlatidan 548 nafar ishtirokchi qatnashdi. Tanlov finalida yetakchi universitetlar, ilmiy muassasalar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat va biznes tuzilmalari vakillaridan iborat 52 nafar ishtirokchi qatnashdi. Mazkur nufuzli forumda JIDU tomonidan dotsent Xamdamova Feruza va Universitet tayanch doktoranti Gafarov Islomxon ishtirok etishdi.

Yakuniy qismda Forum tashkilotchilari 2022 yilgi MDH mamlakatlari xalqaro munosabatlar bo‘yicha yosh mutaxassislar tanlovi natijalarini e’lon qildi. MGIMO rektori Anatoliy Torkunov va Rossiya Fanlar akademiyasi Yevropa instituti direktori Aleksey Gromiko g‘olib va finalchilarga diplom, qimmatbaho va esdalik sovg‘alarni topshirdi. Forum yakunlari bo‘yicha I.Gafarov “A.Gromikoning diplomatik merosi: yosh diplomatlarni tarbiyalash bo‘yicha nomalar” maqolasi uchun sovrindor bo‘ldi.

Biz yosh olimimizni ushbu yutug‘i bilan tabriklab, unga kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!