Yangilik va hodisalar
LinksLinks2

“Elektron kutubxona tarmog'ida ilmiy-ma’rifiy axborotlarni yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi” mavzusidagi seminar

2017 yilning 27 aprel kuni “Ilmiy tadqiqot metodlari” fani doirasida universitetning Axborot resurs markazi xodimlari bilan hamkorlikda Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetining 2-kurs talabalari uchun “Elektron kutubxona tarmog'ida ilmiy-ma’rifiy axborotlarni yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi” mavzusidagi seminar tashkil qilindi.

Eng yaxshi spektakl

2017 yil 1 may kuni ToshTPI, ToshDSHI, K.Bekzod nomidagi MRDI va JIDU teatr studiyalari orasida Respublika talabalar teatr studiyalari festivalining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

UWED Analytics maxsus nashrining ilk soni

"UWED Life" jurnalining maxsus nashri hisoblangan "UWED analytics" ning birinchi soni bilan shu yilning 1-mayidan boshlab JIDU axborot resurs markazi o'quv zalida tanishishingiz mumkin.

Murabbiylik soatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’ruzalari o‘rganildi

2017 yil 26 aprel kuni murabbiylik soatida barcha akademik guruhlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” hamda “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” deb nomlangan ma’ruzalari o‘rganildi.