01.05.2017 27137

2017 yil 26 aprel kuni murabbiylik soatida barcha akademik guruhlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” hamda “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” deb nomlangan ma’ruzalari o‘rganildi. Murabbiylar Prezidentimiz ma’ruzalaridan o‘rin olgan muhim masalalarni o‘qib eshittirdi. Xususan, O‘zbekistonimizning ko‘p asrlik tarixi va an’analari borligi, o‘zining davlat mustaqilligi suverenitetiga ega bo‘lgani, bu yutuqlar adolatli qonunchilik asosida yaratilganligi, Konstitutsiyamizda belgilangan qonun ustuvorligi prinsipi jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlashiga alohida e’tibor qaratildi. Qonunchiligimiz barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolatidir. O‘tgan davrda qabul qilingan 400 ga yaqin yaxlit qonunlar hayotimizning barcha sohalarini huquqiy tartibga solish bilan birga, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilib kelganiga to‘xtalib o‘tildi. Ayni vaqtda qonunlarning to‘liqligi, hayotiyligi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish mexanizmlariga ega bo‘lishi haqida so‘z yuritganda, bu borada hali ko‘p ishlar qilish kerakligiga urg‘u berildi.

Prezident Sh.M.Mirziyoyevning ma’ruzalari talabalar tomonidan diqqat bilan tinglandi. Qizg‘in fikr-mulohazalar bildirildi.