28.04.2017 28982

2017 yil 26 aprel kuni murabbiylik soatida “Yigit va qizlarning reproduktiv salomatligi”, “OITSga qarshi kurashish”, “Botulizm kasalligini oldini olish” mavzularida o‘tkazilgan suhbatlar o‘tkazildi. Mazkur suhbatlarga Toshkent shahar salomatlik va tibbiy statistika Instituti infeksionisti Nargiza Rasuleva, uslubchi-shifokor Shaxnoza Siddikova, Respublika “OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi t.f.n. Z.Abduraximova va 2-son shahar ruhiy asab kasalliklari dispanseri psixiatri Go‘zal Azizxodjayevalar tashrif buyurdi. Mavzular doirasida dolzarb masalalarga bag‘ishlangan fikr-mulohazalar bildirildi. Mutaxassislar talabalarga reproduktiv salomatlik qoidalari, OITS kasalligiga qarshi immunitetni shakllantirish, botulizm kasalligini oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan muhim masalalarga urg‘u berildi.

Mavzular atrofida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Talabalar o‘zlarining tibbiy bilimlarini boyitdi. Suhbatlarda “Xalqaro huquq” fakulteti 4 kurs talabalari, “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 1 kurs talabalari ishtirok etdi.