04.05.2017 26067

2017 yil 2-4 may kunlari 9 May – “Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan universitet akademik guruh murabbiylari va talabalarning Toshkent shahrida joylashgan muzeylarga hamda ziyoratgohlarga tashrifi tashkil etildi. Murabbiylar va talabalar “Qatag‘on qurbonlari xotirasi”, “Amir Temur va Temuriylar”, “O‘zbekiston Qurolli kuchlari” muzeylariga, Mustaqillik maydonida joylashgan “Motamsaro ona haykali”ga borib, u yerda namoyish etilgan tarixiy eksponatlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. O‘tmishning voqealari, vatandoshlarimizning taqdiri, ularning hayot turmush tarzi va ko‘rsatgan qahramonliklariga bag‘ishlangan fotogalereyalarni ko‘zdan kechirdilar. Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan bobo va buvilarimiz haqida video-lavhalar ko‘rdilar. Tashkil etilgan tashriflardan murabbiylar va talabalarda katta taassurot oldilar.