Yangilik va hodisalar
LinksLinks2

“JIDU futbol ligasi” start oldi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari orasida an’ana tusiga kirib ulgurgan “JIDU futbol ligasi” start oldi. Musobaqa 16 jamoa, shu bilan birga JIDU qoshidagi Akademik litseyi jamoasi ham faol qatnashmoqda.

Tashqi siyosiy faoliyatga qaratilgan asosiy e’tibor

2017-yil 22-23 sentabr kuni Toshkent shahrida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashabbusi bilan “O‘zbekistonning Harakatlar strategiyasi doirasidagi tashqi siyosiy faoliyati” mavzusidagi xalqaro “davra suhbati” bo‘lib o‘tdi.

“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi: tashqi siyosat, xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy faoliyat” mavzusidagi yosh olimlarning VII respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

JIDUda 2017-yil 21-sentabr kuni “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi: tashqi siyosat, xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy faoliyat” mavzusidagi yosh olimlarning VII respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Belgiyalik olim bilan uchrashuv

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2017-yil 20-sentabr kuni universitet doktorantlari Belgiyaning Lyej universiteti professori Vsevolod Samoxvalov bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

“Xalqaro huquq” fakulteti talabalari “Mustaqillik avlodlari: Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” nomli ko’rgazmaga tashrif buyurishdi

2017-yil 19-sentabr kuni “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari Toshkent shahridagi Vestminster universiteti hamkorligida tashkil qilingan Fotosuratlar uyida O’zbekiston mustaqilligining 26 yilligiga bag’ishlangan “Mustaqillik avlodlari: Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” nomli ko’rgazmaga tashrif buyurishdi.

F.I.Muminovaning maqolasi chop etildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Fatima Muminovaning «Pravda Vostoka» gazetasining 2017-yil 11-sentabrdagi №178-sonida universitetning ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan «Ilmiy tafakkur markazi» nomli maqolasi chop etildi.

Yuridik kadrlarni tayyorlash masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv

2017 yil 9 sentyabr kuni yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum doirasida prokuratura organlari xodimlarining Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining talabalari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.