“Xalqaro huquq” fakulteti talabalari “Mustaqillik avlodlari: Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” nomli ko’rgazmaga tashrif buyurishdi
22.09.2017 18430
2017-yil 19-sentabr kuni “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari Toshkent shahridagi Vestminster universiteti hamkorligida tashkil qilingan Fotosuratlar uyida O’zbekiston mustaqilligining 26 yilligiga bag’ishlangan “Mustaqillik avlodlari: Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” nomli ko’rgazmaga tashrif buyurishdi.
Talabalar ko’rgazmada Toshkent shahridagi Vestminster universiteti xodimlari va talabalarining badiiy asarlari va ijodiy ishlaridan bahramand bo’ldilar.
Ushbu ko’rgazma talabalarda katta qiziqish va taassurot qoldirdi.