23.09.2017 18173

2017-yil 22-23 sentabr kunlari Toshkent shahrida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashabbusi bilan “O‘zbekistonning Harakatlar strategiyasi doirasidagi tashqi siyosiy faoliyati” mavzusidagi xalqaro “davra suhbati” bo‘lib o‘tdi. Forumning ochilish marosimi 22-sentabr kuni “Miran International" mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. O‘zbek olimlari bilan bir qatorda, davra suhbatida xorijiy ekspertlar, jahon siyosati, yurisprudensiya bo‘yicha mutaxassislar, xalqaro tadqiqot markazlari, ta’lim muassasalari rahbarlari, parlament va ilmiy tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Davra suhbati ishtirokchilaridan Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiya, Hindiston va boshqa mamlakatlar vakillari qatnashdi.Tashqi siyosiy faoliyati muhim masalalari uch plenar/yalpi sessiya ishida muhokama qilindi: “Milliy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqarish va amalga oshirishda xalqaro tajriba”, “Amalga oshirish mexanizmlari va vositalari bilan bog‘liq xorijiy ekspertlar taklif va tavsiyalari”, “O‘zbekistonning ochiq konstruktiv va o‘zaro manfaatli tashqi siyosatida ustuvor yo‘nalishlar”. Xorijiy mehmonlar chiqishlarida muhim takliflar, tavsiyalar bilan birgalikda polemik fikrlar ham berildi.