14.09.2017 18900

2017-yilning 12-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Lester Universitetining prorektori Sara Dikson boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Tadbirda Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlaridan biri hisoblangan Lester Universiteti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o’rtasida o’quv jarayonining yangi metodlari, ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ilmiy sohadagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan batafsil ma’lumot va tajriba almashildi.

Sara Dikson 2017-yil 3-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan imzolangan JIDU qoshida Lester Xalqaro tadqiqotlar oliy maktabini yaratish haqidagi hamkorlik Memorandumi haqida so‘zlab berdi. Ushbu hujjatda turli sohalarda birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish ko‘zda tutilgan.