Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar
LinksLinks2

"Do'stlik tarafdorimiz!"

2019 yil 14-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "Do'stlik tarafdorimiz!" deb nomlangan madaniyatlararo do'stlikni targ'ib qiluvchi tadbir o'tkazildi. Birinchi kurs talabalari Rossiya, Gruziya, Ispaniya, Turkiya, Germaniya, Meksika va AQSh davlatlari madaniyati, urf-odatlari haqida taqdimot qildilar.

“Shahar bolalar uyi”ga tashrif

2019-yil 14-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Jahon iqtisodiyoti va menejment fakulteti talabalari Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan "Shahar bolalar uyi" ga tashrif buyurishdi.

JIDU da sheriyat kechasi

2019-yil 12-dekabrda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti(JIDU) Ingliz tili kafedrasi har yilgi respublika talabalar konferensiyasini o’tkazdi. Bu an’ana 11 yil avval tashkil etilgan sobiq JIDU Konferens tarjimonlar tayyorlash markazi tomonidan asos solingan.

Kitob va she'riyat ixlosmandlari

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Talabalar uyida kitob o'qish, adabiyot va she'riyat san'ati ixlosmandlarining ijodiy kechasi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirning tashabbuskori Ijtimoiy va siyosiy fanlar kafedrasi edi.