Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univyersitetida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etildi
17.01.2020 8291
2020-yil 16-yanvarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Bayram tadbiri JIDU prorektori L.Oʻ.Mingishovning tabrik soʻzi bilan ochib berildi. Bugungi tinch va osoyishta, farovon hayotimiz mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tomonidan ishonchli tarzda himoya qilinib kelinmoqda, mana shunday masʼuliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta boʻlayotgan oʻgʻlonlarimizni, shijoatli yoshlarimizni har qancha eʼzozlasak, ardoqlasak kam ekanligi taʼkidlandi. Bayramda universitet faxriylari, professor-oʻqituvchilari, talabalar va mehmonlar ishtirok etdilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Akademiyasi faxriy qorovuli va orkestri hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoshidagi ashula va raqs ansabli jamoasining musiqiy va sahnaviy koʻrinishlari bayramga oʻzgacha zavq bagʻishladi.
Shuningdek, xarbiy xizmatni oʻtab kelgan talabalarimizning jangovor koʻrgazmali chiqishlari, bayram tadbiriga yanada koʻtarinki ruh baxsh etdi.
Bayram jarayonida namoyish etilgan, xorijiy mamlakatlarda yuz berayotgan noxush xolatlar va yurtimizdagi tinchlikni aks ettiruvchi film namoyishi, talabalarimiz qalbidagi shukronalik tuygʻularini yanada mustahkamladi.