19.12.2019        9109

13-dekabr 2019-yilda talaba-qizlarning oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganishga qiziqishini oshirish maqsadida, Jahon iqisodiyoti va diplomatiya universiteti Respublika xotin-qizlar qoʻmitasi bilan hamkorlikda “Ona tilim – faxrim mening” mavzusida adabiy bahs-munozara oʻtdi.

Mazkur adabiy uchrashuvga Bosh vazir oʻrinbosari, Respublika xotin-qizlar qoʻmitasi raisi I.E.Bositxonova, Toshkent shaxar xokimi oʻrinbosari D.Q.Najmiddinova, JIDU prorektori M.T.Baqoyev, Universitet xotin-qizlar qoʻmitasi raisi E.S.Sultanova, “Xalqaro munosabatlar” fakulteti dekan muvoni S.K.Tillaxodjayeva va boshqa professor-oʻqituvchilar, mutasaddi xodimlar, hamda bir guruh faoltalaba-yoshlar, shuningdek OAV vakillari ishtirok etdilar.

Bahs-munozara rang-barang fikrlarga toʻla boʻlib, talaba-qizlar tadbir orasida A.Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” asaridan kichik voqealarni sahna koʻrinishlari orqali ifodalab berishganligitadbirga oʻzgacha kayfiyat bagʻishladi.

Tadbir yakunida Oliygohdan esdalik sifatida universitet xotin-qizlar qoʻmitasi raisi E.Sultanova, Respublika xotin-qizlar qoʻmitasiga fondiga “Oʻtgan kunlar” asarini sovgʻa qildi.