Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar
LinksLinks2

Inson qadri – ulug‘, xotirasi – muqaddas

Har yili 9-may sanasi mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi. Bu kun bugungi tinch va osuda kunlarimiz uchun kurashgan, fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, tinchlik-osoyishtalik yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish kunidir.

Tinchlik bebaho - xotira mangu

Xotira va qadr tushunchalari mohiyatan keng. Ikkinchi Jahon urushidan oldin yurtimizda 6,5 million aholi yashagan, ulardan 1,5 milliondan ortigʻi urushda qatnashgan. 500 mingga yaqin vatandoshlarimiz jang maydonlarida halok boʻlishgan, bedarak yoʻqolgan va nogiron boʻlib qaytgan yurtdoshlarimiz ham juda koʻpchilikni tashkil etadi.