08.05.2021        4125

Xotira va qadr tushunchalari mohiyatan keng. Ikkinchi Jahon urushidan oldin yurtimizda 6,5 million aholi yashagan, ulardan 1,5 milliondan ortigʻi urushda qatnashgan. 500 mingga yaqin vatandoshlarimiz jang maydonlarida halok boʻlishgan, bedarak yoʻqolgan va nogiron boʻlib qaytgan yurtdoshlarimiz ham juda koʻpchilikni tashkil etadi. Bularning barchasi erishilgan gʻalaba turli xalqlar qatori oʻzbeklar uchun ham qanchalik bebaho ekanligidan darakdir.

9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda II jahon urushida qozonilgan g’alabaning 76 yilligi munosabati bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ma’muriyati urush faxriylari holidan xabar olishdi. “Xotira bor ekan – millat barhayot”, “E’tibor va g’amxo’rlik – insoniy burch” shiori ostidagi bunday uchrashuvlar JIDUga biriktirilgan Toshkent shahrining Beshkapi, Ahmad Yugnakiy mahallalarida tashkil qilindi. II jahon urushi qatnashchilari va front ortida mehnat qilgan faxriylarimiz A.I.Zuyev, E.S.Grachyova, N.N.Fomin xonadonlarida bo‘lgan universitet vakillariga keksalar urush davri xotiralari, tinchlik va erkinlikning bebaho ne’mat ekanligi haqida gapirib berdilar.