Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar
LinksLinks2

Talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori L.O‘.Mingishev, Mirzo Ulug‘bek tumani IIOMFB 6-sonli IIB boshlig‘i, podpolkovnik B.U.Tadjimatov, bo‘lim kata profilaktika inspektori, podpolkovnik R.T.Turg‘unov hamda universitet talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba yigit-qizlar ishtirok etishdi.

Adolatli fuqarolik jamiyat qurishda jamoatchilik nazoratining o‘rni

Joriy yilning 31-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univesitetida «Yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy qo’llab quvvatlash» bo’limi hamda universitet «Murabbiylar kengashi» tomonidan tashkillashtirilgan “Adolatli fuqarolik jamiyat qurishda jamoatchilik nazoratining o‘rni” mavzusida navbatdagi masofaviy “Axborot va murabbiylik soati” bo’lib o’tdi.

Ona tilim – sen ruhimning qanoti…

Dunyoning ko‘hna tillaridan bo‘lmish turkiy tillarga mansub bo‘lgan o‘zbek tilining bu oiladagi nufuzi va mavqeyi o‘zgacha. Tilshunos olimlar turkiy tillarning yirik uch lahjasi – qarluq, qipchoq, o‘g‘uzni birlashtirgan bu tilning qudrati va imkoniyatlarini yuqori baholaydilar.