02.11.2020        7598

Joriy yilning 31-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univesitetida «Yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy qo’llab quvvatlash» bo’limi hamda universitet «Murabbiylar kengashi» tomonidan tashkillashtirilgan “Adolatli fuqarolik jamiyat qurishda jamoatchilik nazoratining o‘rni” mavzusida navbatdagi masofaviy “Axborot va murabbiylik soati” bo’lib o’tdi. Unda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, siyosiy fanlar doktori Qodir Asadovich Jo‘rayev talabalarga hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan yangi normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni bilan qisqacha tanishishtirib. fuqarolik jamiyatining shakllanish bosqichlaridan bugungi kungacha boʻlgan jarayonlarda jamoatchilik nazoratining ahamiyati xususida batafsil nutq soʻzladi. 

Masofaviy uchrashuv davomida Q.A.Jo‘rayev talabalarning savollaridan kelib chiqib, bugungi globallashuv paytida axborotlarni saralash, tahlil qila olish hamda hozirgi kunda mamlakatimizda qabul qilinayotgan yangi normativ-huquqiy hujjatlar bilan qanday ishlash tizimi, jamoatchilik institutlarining ro‘llari bo‘yicha trening olib bordi. Uchrashuv soʻngida mavzu yuzasidan talabalarga tegishli tavsiyalar berildi. 

Ma’ruzachining ko‘p yillik siyosiy faoliyatidagi tajribasidan kelib chiqib, bergan m’lumotlari va tavsiyalari talabalarda katta qiziqish uyg’ota oldi va bunday uchrashuvlarning muntazam oʻtkazib turilishi, ularning faolligini yanada oshirib, bilim va koʻnikmalarini mustahkamlashga yordam berishiga ishonamiz.