02.12.2020        4355

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida o'tkazilgan “O'zbekiston yoshlari buzg'unchi g'oyalarga qarshi" mavzusidagi tanlovning universitet bosqichida JIDU talabalari ham faol ishtirok etishdi.

“Eng yaxshi videorolik" nominatsiyasi bo'yicha 1-o'rinni JIDU “Xalqaro huquq" fakulteti 1-kurs talabasi Baxtiyorov Davronbek Ahmadjon o'g’li, 2-o'rinni “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 1-kurs talabasi Shamiljanov Baxodur Fayozovich, 3-o’rinni “Xalqaro huquq" fakulteti 1-kurs talabasi Xursanov Diyorbek Damirjon o’gli qo'lga kiritdi.

“Eng yaxshi infografika” nominatsiyasi bo’yicha esa 1-o’ringa “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2-kurs talabasi Adilxanova Shaxinaxon Yusufjon qizi sazovor bo’ldi.

JIDU jamoasi talabalarimizni hamda ularning ilmiy rahbarlarini yorqin g'alaba bilan samimiy muborakbod etadi.