UWED Week haftaligida bo’lib o’tgan "Что? Где? Когда?" intellektual musobaqasi
22.11.2019 10100
2019-yil 20-noyabr kuni "UWED Week" universitet haftaligi doirasida ijtimoiy faol talabalar tomonidan "Что? Где? Когда?" intellektual o'yini tashkil etildi va, nafaqat, turli oliy o'quv yurtlari talabalari, balki universitet o'qituvchilariga ham ma'qul keldi. "Ochiq" formatda bo'lib o'tgan o'yin har bir ishtirokchining xotirasida qoladi. Ushbu turnirning final bosqichida O'zbekistonning turli hududlaridan 40 dan ortiq jamoa ishtirok etdi. O'zbekistonda bo'lib o'tgan "Что? Где? Когда?" rasmiy turnirlarida shunchalik ko'p jamoalar ishtirok etishi noodatiy hol. Shunday qilib, musobaqa yakunlariga ko’ra 1chi o’rinni "Парадокс", 2chi o'rinni "Нирвана", 3chi o’rinni "Сборная Вануату" jamoalari egalladilar.
Ushbu musobaqaning tashkilotchilari: Agzamxo’jayev Ezozbek, Adizov Jaxongir, Uzakov Firdavs, Muydinov Amirxon va Xojiakbarov Abdullo.
Musobaqani tashkil etishga o’z hissasini qo’shgan talabalar: Axmatov Azimjon, Ashurov Shuhrat, Jumayev Mehrojiddin, Eshqobilov Shaxzod, Ismatullayev Abbos, Narziyev Akobir, Mamarasulov Sardor, Yo’ldoshmatov Javlonbek, Maxmudova Madina, Xaydarova Dinora, Valiyeva Xusnora, Kenjayev Xojiakbar, Yadryonova Angelina va Bobojonova Jumagul.