Kadrlar bo`limi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Kadrlar bo'limi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 23-sentabrdagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tashkil qilish to`g`risida”gi PF-474-sonli farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 24-oktabrdagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 491-sonli qarori asosida tashkil etilgan universitet tashkiliy bo'linmalaridan biri hisoblanadi. Kadrlar bo`limining vazifasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko'zlangan maqsadlarga erishish va o`quv jarayoniga tatbiq qilish.
Kadrlar bo`limining asosiy vazifalari:
- Universitet fakultetlari, kafedralari va boshqa tashkiliy tuzilmalari bilan hamkorlikda zarur mutaxassislik va yetarli malakaga ega bo'lgan, zamon talablariga javob bera oladigan professor-o'qituvchilar va xodimlar bilan ta'minlashni tashkil etish.
- Professor-o'qituvchilar va xodimlarni ishga olish, ishdan bo'shatish, lavozimini o'zgartirish, ularni universitet bo'linmalariga to`g`ri taqsimlash, rag`batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo'llash masalalari yuzasidan taklif va tavsiyalar tayyorlash;
- Universitetning tashkiliy tuzilmasi, me`yoriy hujjatlar qabul qilish, o'quv, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishlardagi universitet faoliyatini takomillashtirish, kadrlar tayyorlash bilan bog`liq masalalar yuzasidan takliflar tayyorlash;
- O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Kadrlar va o'quv yurtlari boshqarmasi bilan hamkorlikda vazirlik va universitet o'rtasidagi tezkor uzviylikni ta'minlash;
- Professor-o'qituvchilar, xodimlar va talabalarning mehnat intizomini, universitet ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa me'yoriy hujjatlar qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish;
- Kadrlar masalasi bo'yicha boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini olib borish.