O`quv uslubiy bo`limi
O'quv-uslubiy bo'lim Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining o'quv va o'quv-uslubiy jarayonini boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi tuzilma bo'lib, O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, boshqa me'yoriy hujjatlariga, universitet Nizomiga muvofiq o`z faoliyatini amalga oshiradi.
Maqsad va vazifalari:
- Ta’lim jarayonini ilg`or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, universitet tarkibiy tuzilmalari faoliyati va o`quv jarayonini tartibga soluvchi Davlat ta’lim standartlari hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida o’z faoliyatini amalga oshirish;
- Universitetda o’quv jarayonining uslubiy asoslarini shakllantirish va uni amalda tatbiq etilishini tashkil qilish;
- Universitet fakultet va kafedralarining o’quv, o’quv-uslubiy ishlarni muvofiqlashtirish;
- O’quv jarayonini boshqarishga oid me’yoriy - uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirib borish;
- Universitet professor-o’qituvchilari va talabalarning o’quv intizomiga rioya qilishini nazorat qilish;
- Fakultet va bo’lim uslubchilari uchun o’quv-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish hamda uslubiy yordam ko’rsatish;
- Universitetning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda yangi ilmiy pedagogik texnologiyalar va texnik vositalarni qo’llashni o’quv jarayoniga tatbiq qilish.
Bo’limning vazifalari:
- Universitetda o’quv jarayonini rejalashtirish, tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va nazorat olib borish;
- Universitet fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o’quv va o’quv-uslubiy ishlarda erishgan ilg`or yutuqlarini umumlashtirish va universitet ta’lim jarayoniga tatbiq qilish;
- Universitet fakultetlari va magistraturada talabalar bilimini baholashning reyting tizimiga oid joriy, oraliq, yakuniy nazoratlari tashkil etilishini nazorat qilish, tahliliy o’rganish va umumlashtirib borish;
- Akademik ma’lumotnomalar, talabalik guvohnomasi, reyting daftarchasi va boshqa belgilangan o’quv hujjatlarning qo’yilgan talablar asosida rasmiylashtirilishini nazoratga olish;
- Universitet kafedralarida shtatlar jadvalini tuzish uchun harakatdagi me’yorlar asosida hujjatlarni tayyorlash, o’quv yuklamalarini bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
- Soatbay dars o’tuvchi o’qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
- Universitet fakultet va kafedralarini o’quv va o’quv-uslubiy masalalar bo’yicha faoliyatini o’rganish;
- Auditoriya fondi holati bo’yicha nazorat olib borish, auditoriyalar holatini yaxshilash bo’yicha universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;
- Universitet fakultetlari va kafedralariga o’quv rejalari va o’quv dasturlarini ishlab chiqishda amaliy yordam ko’rsatish;
- Universitet kafedralariga o’quv-uslubiy axborotlarni izlash bo’yicha va yangi o’quv-uslubiy adabiyotlarini tayyorlashda hamda nashr etishda tashkiliy yordam ko’rsatish.