Tahririyat-noshirlik bo`limi
JIDU tahririyat-noshirlik bo’limi kitob va risolalar, o’quv va metodik qo’llanmalar, ma'ruza matnlarni ichki foydalanish uchun nashr etish, shuningdek, JIDU kutubxonasi, talabalar va professor-o’qituvchilarning o’quv-uslubiy adabiyotlarga, yuqori sifatli kitoblar va boshqa nashrlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida 1993 yilda tashkil etilgan.
Tahririyat-noshirlik bo`limining vazifalari:
- JIDU Nizomi va amaldagi qonunchilikka asosan tahririyat-noshirlik faoliyatini yuritish;
- JIDU kafedralari, o’quv-uslubiy va ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengashlari, shuningdek, boshqa oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikda yuksak darajadagi sifatli darsliklar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy materiallar va ilmiy asarlarni chop etish;
- Tahririyat-noshirlik bo’limi o’quv-uslubiy nashr mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha joriy vazifalardan tashqari «Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisod, huquq» ilmiy-nazariy jurnalini tayyorlash va chop etish ishlarini ham amalga oshiradi.
Tahririyat-noshirlik bo’limining faoliyati quyidagi yo’nalishlardan iborat:
- JIDU kafedralari, o’quv-uslubiy va ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengashlari bilan hamkorlikda mavzular rejasini ishlab chiqish va tuzishga doir tayyorgarlik tadbirlarini amalga oshirish hamda taqdim etilayotgan qo’lyozmalarni baholash va taqrizlar berish.
- Mualliflar qo’lyozmalarini tahrir qilish va ijodiy ishlarida ularga yordam ko’rsatish.
- Kitoblarning original-maketini tayyorlash va uni sahifalash (xatlash).
- Kitoblarni badiiy-texnikaviy bezatish va muqova dizaynini yaratish.
- Yuqori sifatli o’quv va o’quv-uslubiy adabiyotlar, kitoblar, risolalar va matbaa mahsulotlarini matbaa usulida qayta chop etish va ko’paytirish (ichki bloklarni chop etish, sahifalarni saralab muvofiqlashtirish (listopodbor), faltsovka, muqovalarni bosish).
- Universtitetning faoliyati doirasida dolzarb masalalar bo’yicha ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va davra suhbatlarini tayyorlash va o’tkazish bo’yicha yordam ko’rsatish.
- Universtitet yillik hisobotining tarkibiy qismi bo’lmish tahririyat-noshirlik bo’limining faoliyati to’g’risida yillik hisobot tayyorlash.