Marketing bo`limi
(+99899) 858-10-55
Universitetning Marketing bo’limi bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash muammolarini hal qilish va yangi ish o’rinlarini izlashda innovatsion modellar asosida yordam berishga qaratilgan. Bitiruvchilar bandligini ta’minlashga ko’maklashish Universitetning barcha ichki tuzilmalari tomonidan amalga oshirish ko’zda tutilgan.
Mehnat bozorining monitoringini olib borish va bitiruvchilar kasbiy imkoniyatlarini aniqlash bilan bog’liq ishlar rektorat, fakultet dekanatlari, mutaxassis kadrlani tayyorlovchi kafedralar va bitiruvchilar tomonidan tashkil qilinadi.
Marketing bo'limi tomonidan mehnat bozorini o’rganish bilan bog’liq ishlar ikki yo'nalishda olib boriladi:
- Uzoq muddatga mo’ljallangan taqbirlar – yaqin istiqbolda mutaxassis kadrlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash. Bu ko’rinishdagi ishlar tegishli sohalarning rivojlanish istiqbollari, boshqaruv tarkibining yoshi, ularning nafaqaga chiqish istiqbollari, yangi korxonalarni tashkil etish imkoniyatlari kabilarni o’z ichiga qamrab oladi.
- Qisqa muddatli - joriy yilda mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashdan iborat.
Ta'lim jarayonida bitiruvchilarni professional darajasini oshirish usullari alohida ahamiyatga ega:
- Bitiruvchilarning ish beruvchining shartlariga moslashuvchanlik ko`nikmalaririni oshirishga qaratilgan fakultativ kurslarni o’quv dasturlariga kiritish;
- talabalar tomonidan ishga qabul qilish istagini bildirgan tashkilotlar bergan vazifalari bo`yicha malakaviy-bitiruv ishlari va kurs ishi loyihalarini bajarib borish;
- buyurtmachi talablarini inobatga olgan holda mutaxassislarni tayyorlash bo`yicha maqsadli shartnoma asosida kadrlarni yetkazish tizimini yo’lga qo’yish.
So’ngi yillarda universitetda “Bitiruvchilar yarmarkasi” o’tkazib kelinmoqda. Kelgusida bitiruvchilarning eng yaxshi malakaviy-bitiruv ishlari va bitiruvchilar ma’lumotnomalari to’plamini havola etish rejalashtirilgan. Bunday uchrashuvlarning yakuni bo’yicha mutaxassis kadrlar va malakaviy-bitiruv ishlarini tayyorlash sifatini oshirish usullariga qaratilgan davra suhbatlari o’tkazish belgilab olingan.
Amaliyot hamda talabalar bandligini tashkil etish yuzasidan ishni tizimli tashkil qilish tegishli ixtisosliklarga bo’lgan zamonaviy malakaviy talablarni inobatga olish va o’quv dasturlariga tegishli o’zgartishlarni kiritish imkonini beradi. Bu esa mutaxassislar tayyorlash sifatiga to`g’ridan to’g’ri ta’sir ko’rsatib, o`z navbatida, oliy o’quv yurtining iste’molchilar bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini olib borish bilan zamonaviy mehnat sharoitalariga moslashgan mutaxassislarni tayyorlash imkonini yaratadi.