Davlat qurilishi va ommaviy huquqi bo‘yicha tadqiqot markazi
Davlat qurilishi va ommaviy huquqi bo‘yicha tadqiqot markazi quyidagilarni amalga oshiradi:
- Jamiyat va davlat qurilish sohasida demokratlashtirishning dolzarb muammolari bo‘yicha siyosiy – huquqiy tadqiqotlarni kompleks tarzda o‘tkazish, ommaviy huquqni, O’zbekistonda huquqni muhofaza qilish, parlament tizimini, shuningdek tashqi siyosatning huquqiy asoslarini rivojlantirish;
- Jahonning yetakchi davlatlari misolida xalqaro tajribani, davlat qurilishi va boshqaruvida xorijiy amaliyotni hamda huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash faoliyatini o‘rganish;
Ushbu ilmiy-amaliy laboratoriyaga ega bo‘lgan markaz huquqiy ta’limning istiqbolli shakllarini ishlab chiqadi, ilmiy-tadqiqot, tahliliy-axborot, ekspert ko‘rsatmalarini berish sohasida o‘ziga yuklatilgan masalalarni yechish bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruh tuzib faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu vaqt mobaynida nafaqat barcha fakultet professor-o‘qituvchilari, balki, davlat hokimiyati va boshqaruv organlar xodimlari, shartnoma asosida jamoat va boshqa tashkilotlarining vakillari, xorijiy mamlakat mutaxassislari, shuningdek universitetning magistratura va bakalavriat talabalari, katta ilmiy izlanuvchi-xodimlar ham markaz ishlarida ishtirok etishlari mumkin.
Markaz turli o‘quv-ilmiy tuzilmalar bilan, shu bilan birga, xorijiy o'quv-ilmiy markazlar bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan, PROON, GIZ, IRZning huquqiy islohot bo‘yicha loyihalarida, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladigan grantlarda faol ishtirok etadi.
Hozirgi vaqtda markazning ishchi dasturi va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-, 98-moddalariga kiritilgan o‘zgartirishlarning ijrosini ta’minlovchi normativ-huquqiy hujjutlarning loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhning rejalariga, hamda 2013-yil 31-yanvarda №12/1-878 sonli qonunni ijro etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlari rejasiga ko‘ra markaz samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.