Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Kompyuterlashtililgan test markazi 1993-yil tashkil qilingan. Ushbu markaz faoliyati universitet miqyosida olib boriladi. Hozirgi kunga qadar universitetning barcha talabalarining o’quv fanlari bo’yicha bilimlari  kompyuter yordamida test sinovidan o’tkazishda Markaz xizmatidan foydalanib kelinmoqda.

Markaz 2015-yil iyun oyida Koreya Respublikasining Xalqaro Kooperatsiya Agentligi (KOICA) yordamida qayta jihozlanib yangi zamonaviy kompyuter va dasturiy ta’minot o’rnatildi. Barcha kompyuterlar yagona tarmoqga ulangan. Test-sinovini o’tkazish jarayoni, shuningdek, video kuzatuv ostida nazorat qilinadi.

Markazda bir vaqtning o’zida 60 tagacha talaba test-sinovi  topshirishi yoki o’quv laboratoriya mashg’ulotlarini olib borishi mumkin. Shu bilan birga test-sinovini o’tkazishda audio va video topshiriqlardan foydalanish mumkin.