Multimediya markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-martdagi “Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokidagi oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2848-son Farmoniga hamda Akademik innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining tanlov natijalariniga koʻra “JIDU Multimediya markazi” loyihasi tasdiqlandi.
Loyihaning maqsadi universitetda oʻqituvchilarga sifatli Multimediyali materiallarni rejalashtirish, ishlab chiqish va tayyorlashda hamda oʻquv jarayonining sifatini oshirishda koʻmaklashadigan raqamli Multimediya markazini yaratish va tashkil etishdan iborat.
Markaz yangi texnologiyalarni qoʻllashni va ularni oʻquv jarayoniga joriy etishni qoʻllab-quvvatlaydi. Bunday materiallarning namunalari interaktiv oʻquv dasturlari, murakkab nazariyalar va tushunchalar, veb-ilovalar va boshqalarni tasvirlaydigan simulyatsiya va animatsiya dasturlari boʻlishi mumkin. Markaz oʻquvchilarga Multimediyali topshiriqlarni raqamli fotosuratlar, bloglar, marketing videolavhalari, talabalar hayoti videolari, til kurslari uchun ovozli mashqlar yordamida amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Multimediya markazi masofaviy taʼlimni tashkil qilish uchun innovatsion loyihalarni ham qoʻllab-quvvatlaydi. Agar mazkur loyiha JIDUda muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, markazning yangi oʻquv-uslubiy tajribasi Oʻzbekistonning boshqa universitetlarida amalga oshirilida qoʻllanilishi mumkin.
Strategiyaning birinchi qismi – foto, audio va video loyihalarni tahrirlash uchun bir nechta yuqori sifatli kompyuterlar va dasturiy taʼminot bilan jihozlangan Multimediya laboratoriyasini yaratish. Laboratoriya shuningdek, video va audio yozuvlar va fotosuratlar yaratuvchi studiyani ham oʻz ichiga oladi.
Strategiyaning ikkinchi qismi professor-oʻqituvchilar uchun innovatsion vositalardan foydalangan holda Multimediya oʻquv materiallari va veb-ilovalarni yaratishga bagʻishlangan trening va seminarlar tashkil etishni oʻz ichiga oladi. Loyiha mablagʻlaridan maksimal foydalanish maqsadida loyiha mahalliy va xalqaro ekspertlar, konsalting xizmatlariga murojaat qiladi. Konsalting xizmatlari yangi asbob-uskunalar va dasturiy taʼminotdan foydalanishga yordam berishni va professor-oʻqituvchilar uchun oʻquv seminarlarini ishlab chiqishni oʻz ichiga oladi.
Strategiyaning uchinchi qismi – oʻquv jarayonida Multimediya laboratoriyasidan foydalanish boʻyicha uzoq muddatli rejaning samaradorligini va rivojlanishini baholashdir. Ushbu bosqichda fakultetlarning har bir yoʻnalishi va umuman universitet uchun video broshyura, dastur taqdimoti tashkil etiladi. Materiallarni tayyorlash va video materiallarning mazmuni boʻyicha ish olib boriladi.
Multimediya markazi quyidagi yoʻnalishlar orqali taʼlim sifatini oshirishga yordam beradi:
- yuqori sifatli oʻquv materiallarini yaratish;
- murakkab konsepsiyalar va nazariyalarni namoyish qilishda talabalarga yordam berish;
- interfaol audio va video materiallar orqali til oʻrganish samaradorligini oshirish;
- multimediya materiallarini baholash va mulohazalar orqali sifatni nazorat qilish;
- taʼlim materiallarini amaliy mashgʻulotlar bilan integratsiyalash;
- fanlararo taʼlim materialleridan foydalanish;
- professor-oʻqituvchilar va oʻquvchilarni oʻquv jarayoniga vaqt va kuch sarflashini tejashga koʻmaklashish;
- talabalarni yanada faol oʻquv jarayoniga jalb qilish va ularning motivatsiyasi va qiziqishini saqlab qolish;
- darsdan tashqari oʻquv mashgʻulotlari va masofadan oʻqitish uchun imkoniyatlar yaratish;
- professor-oʻqituvchilar va talabalarning foydali texnik koʻnikmalarga ega boʻlishi.
Universitet maʼmuriyati oʻquv jarayonini boshqarish uchun yangi usullarni ishlab chiqdi. Oʻquv jarayonida “Moodle” tizimidan foydalanilishi yoʻlga qoʻyildi. Bu oʻquv jarayonining deyarli barcha qirralarini kuzatish va boshqarish imkonini beruvchi innovatsion tizimdir. Shuningdek, qabul qilingan yana bir amaliyot - “LaTex” tizimidan foydalangan holda imtihon topshiriqlarini yaratishdir. Bu har bir talaba uchun oʻz javob kalitlari bilan individual test savollar yaratishning juda qulay usulidir.
Multimediya markazini tashkil etish uzoq muddatli universitet strategiyasining ajralmas qismi boʻlib, u yanada boy texnologik taʼlim muhiti yaratishga qaratilgan. Taʼlimning faol usullarini samarali amalga oshirish maqsadida etarli miqdordagi kompyuter uskunalari bilan jihozlash, shuningdek, oʻquv jarayonini tashkil etishda uslubiy va axborot bazasini tayyorlash uchun jiddiy ish talab etiladi. Universitet malakali texnik xodimlarga ega boʻlsa-da, tashqi maslahat xizmatlari loyihaning muhim qismini egallaydi.
Loyihani hal qilish kerak boʻlgan asosiy muammo – bu taʼlim jarayonining sifatini yaxshilashdir. Multimediya texnologiyalaridan foydalanish oʻquv jarayonini tashkil etishda, shuningdek, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar ochib beradi. Faol taʼlim usullarini samarali qoʻllash uchun etarli darajada kompyuter texnikasini jihozlash, shuningdek, oʻquv jarayonini tashkil etishda metodologik va axborot bazasini yaratish uchun katta va jiddiy ish talab etiladi. Bu esa bozor sharoitida ortib borayotgan talablarni inobatga olgan holda mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda faol oʻqitish usullarini joriy etishni taʼminlaydi.
Multimediya texnologiyalari taʼlim jarayonida qoʻllash buguni kunning eng istiqbolli yoʻnalishlardan biridir.
Bizning asosiy vazifamiz – oʻquv jarayonini yanada samarali, yanada qulayroq va yanada xilma-xil qilishdir.