Sport-sog`lomlashtirish markazi
JIDU sport-sog‘lomlashtirish majmuasi o‘z ichiga sport zallari, ochiq o‘yin maydonlari, 25 metrli basseyn, umumiy hajmi 6000 m2 dan ortiq bo‘lgan yordamchi va qo‘shimcha maydonlariga ega.
O‘yinlar zali voleybol, basketbol, badminton, mini-futbol bo‘yicha belgilanib o‘tilgan maydonlarga ega.
Yopiq tyennis korti kerakli bo‘lgan sport anjomlari va uskunalar bilan jihozlangan.
Trenajer zali barcha turdagi mushaklarni mustahkamlashga, egiluvchanlik va chidamlilikni ta’minlashga qaratilgan trenajerlar bilan jihozlangan.
25-metrli basseyn suvning yuqori sifatini ta’minlab berish uchun maxsus filtr va ozon generatori asosida ishlab chiqilgan suvni tayyorlash uskunasiga ega.
Sport-sog‘lomlashtirish majmuasida olib boriladigan mashg‘ulotlar tezlik, chidamlilik, moslashuvchanlik, qaddi-qomatni yaxshilash, harakatlarni yo‘naltirish kabi jismoniy sifatlarni qo‘lga kiritishga, hamda turli sport turlariga ta’luqli bo‘lgan jismoniy malakalarni egallashga, kayfiyatni ko‘tarishga, mushaklarni mustahkamlashga, o‘ziga ishonch hissini shakllantirishga va barcha yosh davrasiga mos kelishiga qaratilgan.
Sport-sog‘lomlashtirish majmuasida o‘quv-mashg‘ulot mashqlari, talabalar va xodimlarning jismoniy xolati va funksional imkoniyatlarini aniqlash uchun test sinovlari o‘tkaziladi.
Tajribali trener va sport ustalari rahbarligida tennis va suzish, yakka kurash turi bo‘yicha aykido, ushu, boks va boshqa seksiyalar faoliyat yuritadi. Fitnes-to‘garagi ish olib bormoqda.
Sport majmuaga tashrif buyurish uchun qulay kiyimda kelish, bir kunlik kirish chiptasi va oylik abonementini sotib olish mumkin.
Aloqa telefoni: 267-17-20