Til ta`lim markazi
Til ta’limi markazining asosiy vazifasi xalqaro miqyosdagi kadrlarni tayyorlashda ularning xorijiy tillarni mukammal egallashiga, xalqaro munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro iqtisodiy munosabatlar ixtisosligi bo‘yicha talabalarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishga qaratilgan.
Markazda quyidagi kafedralar faoliyat ko‘rsatmoqda:
- Roman-german tillari kafedrasi;
- Sharq tillari kafedrasi;
- O’zbek va rus tillari kafedrasi;
- Ingliz tili kafedrasi.
Markazda o‘rganiladigan fanlar:
Talabalarning tanlovlaridan hamda tashqi ishlar vazirligining
ehtiyojlaridan kelib chiqib quyidagi o‘n ikkita til o‘rgatiladi: ingliz, nemis, fransuz tillari asosiy til sifatida; ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, yapon, arab, xitoy, urdu tillari ikkinchi til sifatida, shuningdek o‘zbek va rus tillari o‘qitiladi. Ushbu tillar zamonaviy asl nusxadagi o‘quv darsliklari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, lug‘atlar va bevosita chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikda ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalari asosida o‘rgatiladi.
Рedagogik va axborot texnologiyalari
Kafedralarning pedagogik texnologiyalar kompleksi talabalarning til faoliyatini mustahkamlash va faolligini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bunda til ta’limida innovatsion texnologiya, til o‘qitishda til sohibini jalb etish kabi usullardan foydalaniladi. Barcha nutqiy mavzular kompyuter prezentatsiyalari yordamida ko‘rgazmali o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Buning uchun zamonaviy jihozlangan lingofon xonalari va ko‘rgazmali video zallar tashkil qilingan.
Madaniy-ma’rifiy tadbirlar:
Til ta’limi markazi kafedralari tomonidan barcha chet tillari bo‘yicha haftaliklar va madaniyat kunlari muntazam o‘tkaziladi. Tadbirlarga xalqaro aloqalar bo‘limi orqali turli mamlakatlar elchixonalarining vakillari, elchilar va mehmonlar taklif qilinadi.
Shuningdek, markaz tomonidan har yili “Tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyat uchun kadrlar tayyorlashda til ta’limi va tarjima masalalari” mavzusidagi an’anaviy Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi. Unda Respublikamizning turli oliy o‘quv yurtlaridan professor-o‘qituvchilar ma’ruzalari bilan ishtirok etadilar. Til ta’limi bo‘yicha yangi texnologiyalar va ilmiy yangiliklar bo‘yicha fikr almashadilar.