"Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi
JIDUning Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi (avvalgi “Makro-mikro iqtisodiyot” kafedrasi) 1993-yilda tashkil qilingan bo‘lib, qisqa vaqt ichida fakultetning asosiy kafedralaridan biriga aylandi. Vazirlar Maxkamasining analitik boshqarmasini boshqargan, O’zbekistonning ilg‘or olimi, professor, i.f.d. Saidova G.K. kafedra birinchi mudiri etib tayinlangan. 1998-yilda G.K.Saidova iqtisodiyot Vazirligidagi ma’suliyatli lavozimga o‘tganligi sababli kafedra mudiri sifatida dotsent, i.f.n. G.S. Toniyants tayinlandi. 2013–2015 yillar davomida kafedra mudiri lavozimida i.f.n. Xamdamov M.M. faoliyat olib borgan. 2015-yildan hozirgi paytga qadar i.f.n.. Tashpulatova L.M. kafedra mudiri sifatida o‘z vazifasini bajarib kelmoqda.
Kafedra faoliyatining maqsadi: zaruriy ilmiy-fundamental tayyorgarlik va maxsus professional ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, zamonaviy mehnat bozori talablariga moslasha oladigan, raqobatbardosh yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida JIDU faoliyatini mukammallashtirish dasturi tamoyillariga asosan kafedra faoliyatini rivojlantirish.
1993-yilda kafedra tashkil qilingan paytda quyidagi fanlarning o‘rgatilishi ta’minlandi: universitetning barcha fakultetlari uchun «Iqtisodiyot nazariyasi», XIM fakulteti uchun esa «Mikroiqtisodiyot», «Makroiqtisodiyot», «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi». Keyinchalik «Statistika», «O’tish davri iqtisodiyoti», «Iqtisodiy siyosat tahlili» kurslarini tatbiq etish ehtiyoji tug‘ildi. O’zbekiston Respublikasida Kadrlar tayorlash milliy dasturini qabul qilinishi talabalarning iqtisodiy bilimlarni chuqurroq o‘rganishini talab qildi. Shuning uchun kafedrada «Makroiqtisodiy tahlil» maxsus kursi joriy etildi. 2006-yilda BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda kafedra o‘quv rejasi uchun “Inson taraqqiyoti” kursini ishlab chiqilgan va o‘quv jarayoniga kiritilgan. Ilg’or xorijiy tajribani o‘rganish asosida kafedra faoliyatida doimiy ravishda o‘quv rejalari va dasturlari mustahkamlab boriladi. Xususan, 2015-yilda «Innovatitsion iqtisodiyoti», 2016 yildan esa “Rivojlanish iqtisodiyoti” kabi yangi kurslar ishlab chiqildi va o‘quv reja va dasturga kiritildi.
Joriy davrda kafedra quyidagi o‘quv kurslarining olib borilishini ta’minlaydi:
- Iqtisodiyot nazariyasi
- Mikroiqtisodiyot
- Makroiqtisodiyot
- Statistika
- Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
- Makroiqtisodiy tahlil
- Rivojlanish iqtisodiyoti
- Innovatsion iqtisodiyot
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan «Iqtisodiyot nazariyasi», «Makroiqtisodiyot», «Makroiqtisodiy tahlil» fanlari uchun darslik va o‘quv qo‘llanma tayorlanib nashr etilgan. “Makroiqtisodiyot” darsligi uchun Oliy va o‘o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi berilgan. O’quv jarayonini yaxshilash maqsadida kafedra o‘qituvchilari tomonidan kurs va BMI (Bitiruv malakaviy ish) ishlarini yozish uchun bir qator o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda kafedrada yangi xorijiy adabiyotlar asosida barcha fanlar uchun o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan.
Kafedra professor-o`qituvchilari faol ilmiy-izlanish ishlarni olib borishadi. Shu jumladan, o‘zlarining ilmiy maqolalari orqali respublika va xalqaro darajadagi ilmiy anjumanlarda doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda. Shuningdek, o`z ilmiy izlanish ishlarini natijalarini ilmiy maqolalarda va ilmiy risolalarida namoyon etishadi. Masalan, kafedra hodimlari «Brending davlatning iqtisodiy o‘sish omili sifatida», «Makroiqtisodiy tahlilning uslubiy va amaliy jihatlari», «Iqtisodiyot va jamiyat modernizatsiyasida inson kapitalining sifatini oshirish» kabi monografiyalar va ilmiy risolalarni tayyorlab nashr etishdi.
Kafedrada talabalar uchun «Amaliy iqtisodiyot» ilmiy klubi tuzilgan va faol ish olib bormoqda. Ushbu klub yig‘ilishlarida jahon mamlakatlarining zamonaviy iqtisodiy konsepsiyalari, strategiyalari va amaliy iqtisodiy rivojlanish modellari masalalari xususida muhokama va baxslar olib borilib, O’zbekiston Respublikasi va chet el davlatlari iqtisodiy siyosatining dolzarb muammolari tahlil qilinadi.
Kafedra o‘qituvchilari boshchiligida XIM fakulteti talabalari Iqtisodiyot nazariyasi, Mikroiqtisodiyot, Makroiqtisodiyot fanlaridan respublika fan olimpiadalarida qatnashishadi va har yili faxrli o‘rinlarni egallab kelishmoqda.
Kafedra professor-o`qituvchilari xalqaro loyihalarda faol ishtirok etishadi. Masalan, TEMPUS, Erasmus +, YUNESKO, BMT Taraqqiyot dasturlarida, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi loyihalarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Kafedra TDIU, TDYU, O’zR makroiqtisodiy muammolar va prognozlashtirish institut bilan yaqin munosabatlar o‘rnatilgan. Xalqaro munosabatlar, xalqaro huquq va xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha xalqaro standartlar va ta’lim jarayonining amaliy yo‘nalganligining ilg’orlashuviga mos o‘quv jarayonlarini tashkillashtirish maqsadi nuqtai nazaridan, kafedra o‘z faoliyatini kafedralararo, oliy o‘quv muassasalararo, shuningdek, xalqaro darajadagi faol va ahamiyatli hamkorlikka yo‘naltirgan.