«Xalqaro moliya va investitsiyalar» kafedrasi
“Xalqaro savdo va investitsiyalar” kafedrasi “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi asosida 2008 yilning 14 avgust kuni Ilmiy kengashga muvofiq ravishda tashkil etilgan. Bugungi kunda kafedrada 1 nafar professor, 1 nafar dotsent, 2 nafar iqtisod fanlari nomzodlari dars berib kelmoqda. Dars jarayonlariga xorijdan JICA kungillisi Shinichiro Kiyozova ham faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek oʻrindoshlik va soatbay asosida amaliyotchi 6 nafar soha mutaxassilari jalb qilingan.
Xalqaro savdo va investitsiyalar kafedrasida oʻtiladigan darslar:
- Xalqaro investitsion faoliyat;
- Xalqaro savdo;
- Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari;
- Xalqaro moliya bozorlari;
- Xalqaro tijorat ishi;
- Marketing asoslari;
- Bank ishi;
- Moliyaviy menejment;
- Narx shakllanishi va jahon bozorlari konyunkturasi;
- Buxgalteriya hisobi va audit,
- Iqtisodiy diplomatiya;
- Iqtisodiy diplomatiya va xavfsizlik;
- Xalqaro iqtisodiy muzokaralar;
- Koʻptomonlama iqtisodiy muzokaralar.
Kafedra mamlakatimiz va chet eldagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilib, ushbu hamkorlik doirasida professor-oʻqituvchilar oʻzlarining kasbiy va pedagogik mahoratlarini oshirimoqdalar.
Kafedra xalqaro investitsion faoliyatning, xalqaro investitsion faoliyat nazariyasi va amaliyoti, xalqaro investitsion faoliyat strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish masalalarini tadqiq qiladi.
Shuningdek, talabalarda xalqaro investitsion faoliyat, tadbirkorlikning turli shakllari, tasniflash, investitsion iqlimni baholash, xalqaro va global raqobat sharoitida milliy ishlab chiqaruvchilarni moslashishi boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat.